TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

InnoX-3 biznes inkubatsiya 3-mavsumi

Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan InnoX-3 biznes inkubatsiya 3-mavsum bo‘yicha saralash bosqichi bo’lib o‘tdi. Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparkida innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida InnoX inkubatsiya dasturi 3-mavsumga saralash o‘tkazildi. Bunda 116 ta loyiha egalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda ekspertlar va saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan baholandi. Tadbir yakunida yuqori ko‘rsatgichga ega 40 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha egalari saralandi. AUTONOMOUS jamoasi rahbari TJAB kafedrasi katta o‘qituvchisi Nig‘matov Azizjon Mahkamovich boshchiligida jamoa o‘z loyixasi bilan qatnashib 40 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha ko‘rsatgichga ega bo‘lishdi. Barcha ishtirokchilarni kelgusida iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish maqsadida respublika miqyosida tashkil etiladigan Startap loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun yo‘naltirildi.