TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

InnoX-3 biznes inkubatsiya

Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki tomonidan InnoX-3 biznes inkubatsiya 3-mavsum bo‘yicha saralash bosqichi bulib o‘tdi. Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkida  innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida InnoX inkubatsiya dasturi 3-mavsumga saralash o‘tkazildi. Bunda 20 ta loyiha egalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda ekspertlar va saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan baholandi.

Tadbir yakunida yuqori ko‘rsatgichga ega 3 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha egalari saralandi. AUTONOMOUS jamoasi rahbari TJAB kafedrasi katta o‘qituvchisi Nig‘matov Azizjon Mahkamovich boshchiligida jamoa o‘z loyixasi bilan qatnashib 3 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha ko‘rsatgichga ega bo‘lishdi. Barcha ishtirokchilarni kelgusida iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish maqsadida respublika miqyosida tashkil etiladigan Startap loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun yo‘naltirildi.