TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

“InnoWeek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ilmiy- amaliy seminar

Mualliflarning xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar sonini ko‘paytirish maqsadida, “InnoWeek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2023-yil 20-oktabrda ilmiy- amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda doktorantlar va professor-o‘qituvchilar, jumladan Springer Nature kompaniyasining O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondagi vakili Aleksandrova Irina Alekseevna, elinepress kompaniyasi ilmiy xodimlari maslahat markazi rahbari Shodmanova Feruza Turdalievna va doktorant Kannazarova Zulfiya Tolibaevna ishtirok etishdi. Yig'ilishda “Springer Nature resurslariga milliy obunaning O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar rivojiga ta’siri”, “O‘zbekistonda qanday resurslar mavjud? link.springer.com dan qanday foydalanish” “Yosh olimning ilmiy faoliyatida ilmiy elektron resurslarning o‘rni va ahamiyati”, “Nashrlarning bibliometrik tahlili”mavzularida taqdimotlar qilindi.

Taqdimotdan so'ng seminar ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, ularini qiziqtirgan savollarliga javob oldilar.