TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

“InnoWeek.Uz-2023” haftaligidan taassurotlar

           16-20-oktabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi yurtimiz bo’ylab bo’lib o’tmoqda.

Bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o’tkaziladi. Haftalik doirasida ko’rgazmalar taqdimoti, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuv va kelishuvlar, xalqaro shartnomalar, konferensiya va forumlar bo’lishi rejalashtirilgan.

“InnoWeek.Uz-2023” haftaligi ko’plab hududlarda yuqori darajada tashkil etildi. Universitetimizda tashkil etilgan ko’rgazmalarda “Gidravlika va girdorinformatika” kafedrasi professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrantlar va iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etishdi. Haftalik doirasida kafedra qoshida tashkil etilgan “Evrika” iqtidorli talabalar to’garagi vakillari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalari korgazmada ko’plab qiziqiquvchilarni o’ziga jalb etdi.

“Gidravlika va girdorinformatika” kafedrasi jamoasi haftalik doirasida ilmiy ishlanmalar ko’rgazmasi tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish agentligi binosiga tashrif tashkil etildi va u yerda namoyish etilgan ilmiy ishlanmalar ilan tanishilib, fikr mulohazalar almashilindi.

Universitet matbuot xizmati