TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2023

THE Innovatsiya va tasirchanlik sammitiga amalga oshirilgan xizmat safari

Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi hamda Xitoy XR Shenjen shahrida joylashgan Shimoli fan va texnologiyalar universiteti (SUSTech) tomonidan o‘tkazilgan THE Innovation&Impact Summit da ishtirok etish uchun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi nomidan universitet Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ismonov Shenjen shaxrida xizmat safarida bo‘ldi.

Sammitda THE Impact Ranking bilan ishlash, BMT ning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha universitetlarning ta’sirchanlik reytinglarini aniqlash uchun amalga oshirilayotgan yangiliklar, shuningdek bir qator yetakchi tashkilot va OTM muassasalari tomonidan BRM erishish yo‘llari va usullari bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Sammit tashkilotchilaridan mezbon (SUSTech) universitet Siyosiy ta’lim markazi direktori Wang Dejun shuningdek, Saudiya Arabistoni qirolligi Shaxzoda Muxammad bin Fahd universiteti vakillari dr.Muhammad Hussein Bashayern va Andi Asiz lar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularga Universitetimiz haqida ma’lumotlar berildi va tez kunlarda turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarni o‘rnatishga kelishib olindi.