TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2023

“Innovatsion g‘oyalar haftaligi”da

Har qanday ixtiro aslida, yangi g‘oya, yangi kashfiyot demakdir. Yangilik va yaxshiliklar uyg‘un bo‘lgan joyda chinakam ma’noda taraqqiyot bo‘ladi, o‘sish bo‘ladi. Intellektual salohiyatga ega, har bir narsaga kreativ yondashadigan, ijodkorlik nigohi bilan nazar tashlaydigan talabada innovatsion qarash, inkishof etish iqtidori bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vao‘irligi tizimidagi turli oliy ta’lim muassaslaridan kelgan yoshlarning “ALPOMISh” muz arenasida, “Innovatsion g‘oyalar haftaligi”da o‘z ixtirolari bilan ishtirok etayotgani quvonarlidir. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga oid ixtirolar innovatorlarning kreativ qobiliyatlarining, teran tafakkuri va tajribalarining mahsulidir.

  

Unda o‘zimizning milliy tadqiqot universitetimizdan qatnashayotgan mutasaddilar va yoshlarning ishlari ham e’tiborga molikdir. Jumladan, PROINFO kompaniyasining loyihachi-menejeri Ilhomjon Norbo‘taev, MTU Sirtqi bo‘lim xodimi Avazbek Tursunqulov, ARM xodimasi Dilfuza Sobirova, ARM direktor o‘rinbosari Hasan Chorievlar tashrif buyurgan qiziquvchilarga innovatsion g‘oyalarini ko‘rgazmali tarzda namoyish etib tushuncha berib turganliklarining guvohi bo‘ldik.

Universitet matbuot xizmati