TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

INNO WEEK 2023: Yevropaning Star up Campus “Start up Inkubator va Innovatsion Markazi” va universitetimiz o’rtasida xamkorlik memorandum imzolanishi

        Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 17-20 oktyabr sanalarida  mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi  tomonidan tashkil qilingan “INNO WEEK.UZ- 2023: Innovatsion g’oyalar  haftaligi doirasida Xorijiy va O’zbekiston Oliy Ta’lim Muassasalari vakillari va turli ta’lim, tadqiqot va innovatsiya tashkilot mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Jumladan, joriy yilning 19 oktyabr sanasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Vengriyaning Start up Campus Innovatsion Markazi bilan xamkorlik memorandumi imzolandi.

  

        Ushbu yig’ilishda “TIQXMMI”Milliy tadqiqot Universiteti rektori prof. Mirzayev  Bahodir Suyunovich, Vengriyaning  Start up Campus Innovatsiya markazi raxbari Zoltan Galla, Germaninyaning TUM International GmbH nomli universitet kompaniyasining Biznesni Rivojlantirish va Loyixalar boshqaruvchisi Jana Legtenborg, Vengriyaning FIEK Miskolci Universiteti, R&D&I Menejement bo’limi raxbari Zsolt  Istvan, Startup Campus Innovatsiya markazi loyixa boshqaruvchisi Oxunjon Sayfutdinov, Halqaro bo’lim boshlig’i Sherzod Raxmonov,  universitetimiz dotsentlari E’zoz Ozodov va Go’zal Eshchanovalar ishtirok etishdi.

 

        Shuni aloxida takidlash kerakki, Vengriyaning Start up Campus Innovatsion Markazi  vakillari poytaxtimiz Toshkentda bir qator dasturlarni joriy etish rejalariga  to’xtalib, jumladan, InnoGen Program 2024 (Top Yevropalik Start up Inkubatorlari platformalaridan foydalanish, biznes rejalar tanlovlari, tadqiqotchilar almashinuvi ) va  Enterprize Europe Network membership (Ishab chiqarish sanoatlari bilan tarmoqlar a’ro ulanish, a’zo bo’lish) imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tishdi. Tadbirda ikkala tomon taqdimotlari tinglanib, o’zaro muxokamalar yangi fikrlar va ularni yanada takomillashtirish bo’yicha ham aniq takliflar berib o’tildi.

  

           Muzokara davomida universitetimizda iqtidorli yoshlar va tadqiqotchilar tomonidan 15ga yaqin turli yonalishlardagi ilmiy ishlanmalar O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tanlovlarida qatnashib, bir qator faxrli o’rinlar soxibi bo’lganliklari, shuning barobarida bu kabi iqtidor egalarini yanada o’z ustida ishlashlari, Yevropa tajribasi, innotsion g’oyalarning takomillashtirilishida xamkorlar bilan ikki tomonlama amalga oshirilishi ko’zda tutilgan  masalalarni atroflicha muxokama qilishdi.

           O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan “”INNOWEEK2023 Innovatsion G’oylar xaftaligi” nufuzli xalqaro tadbir doirasida xorijiy va milliy ekspertlarning xalqaro miqiyosda hamkorliklarini yanada yaxshilashga imkon berayotgani barchani hushnud qiladi va bu kabi imkoniyatlar sonini oshishi O’zbekiston OTMlari uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochishi shubxasizdir.