TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2023

INNO WEEK 2023: Vengriyaning Obuda Universiteti bilan Qo’shma Ta’lim Dasturining imzolanishi

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 17-20 oktabr sanalarida  mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi  tomonidan tashkil qilingan “INNO WEEK.UZ- 2023": Innovatsion g’oyalar  haftaligi doirasida Xorijiy va O’zbekiston Oliy Ta’lim Muassasalari ishtirok etishmoqda.
Jumladan, “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Vengriyaning Obuda Universiteti bilan hamkorlikda “Iqtisodiyot” ta’lim yonalishida doirasida Qo’shma Ta’lim Dasturi imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligida  universitetimiz rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich va Obuda Universiteti rektori Prof. Levente Kovacs ushbu Qo’shma Ta’lim Dasturini imzolash jarayonida ikki tomonlama amalga oshirilishi ko’zda tutilgan  masalalarni atroflicha muxokama qilishdi.


Ma’lumki, ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik ko’p yillar davomida Erasmus + xalqaro loyixalari doirasida talabalar va o’qituvchilar almashinuvi, turli soxalarda ta’lim yo’nalshlari bo’yicha zamonaviy va innovatsion g’oyalarni qo’llagan xolda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiluvchi hamkorlik rishtalari tobora mustahkamlanmoqda.


Universitetimiz bakalavr va magist bitiruvchilarini Vengriyaning Obuda Universitetiga “Hungaricum Stipendium” ( Vengriya Stipendiyasi) kabi grant dasturi orqali keyingi t’alim bosqichlarida taxsil olishlarini (MSc, PhD) davom ettirish kelishuviga erishildi