TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

Ingliz tiliga qiziqtirish - bandlikni ta'minlashdir

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi professor-o'qituvchilari universitet talaba yoshlarining ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda o'z hissalarini qo'shishda davom etmoqdalar. Har hafta kafedra o'qituvchilari talabalar turar joyiga borib, u yerdagi talabalar bilan "Speaking Club" faoliyatini olib borishmoqda.

Bu hafta kafedradagi yosh mutaxassislar Ziyadulloyeva Mohidil va Yuldashova Nargiza 3-sonli TTJ ga tashrif buyurib, bir qator talabalar bilan birgalikda ingliz tilida to'garak tashkil qilishdi. Ushbu to'garakda talabalar bilan qiziqarli mavzularda davra suhbati  bahs-munozaralar olib borilib, to'garak davomida talabalar bilan ingliz tilidagi qo'shiq karaoke tarzida ijro etildi.

To'garak so'ngida talabalar o'z minnatdorchiliklarini bildirib, ushbu to'garakning davomiy bo'lishiga xohish bildirishdi.

"Ingliz tili kafedrasi o'qituvchilari M.Ziyodulloyeva va N.Yuldashova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati