TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

"Ingliz tili" kafedrasida ochiq darslar

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi o’qituvchisi Teshayeva Dildora  "Yer resurslarini boshqarish va kadastr" yo'nalishining 111- guruhida “Land resources” mavzusida 5-binoning 208 -xonasida ochiq darsi bo’lib o’tdi. Dars interactive o’yin bilan boshlandi va lug’atlar o’yin orqali mustahkamlandi,  o'quvchilarni  fanga bo’lgan qiziqishini oshirish va speaking qobiliyatini oshirish maqsadida dars  hammaga ma’lum bo’lgan “teacher-centered” metodidan uzoqlashib, “student-centered” metodi orqali olib borildi. Bu turdagi tajriba almashinuv darslari muntazam ravishda haftaning har kunida kafedraning o'qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Teshayeva axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati