TIQXMMI yangiliklari

img
06.11.2023

“INFOLIB UZBEKISTAN-2023” haftaligi taassurotlari

Mamlakatimiz axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborot olish manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarni kutubxonalarga jalb qilish, soha mutaxassislarini zamonaviy, ilmiy-metodik ishlanmalar bilan tanishtirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 23-27 - oktabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi tashkil etildi. Haftalik doirasidagi asosiy tadbirlardan biri – “Yangi O‘zbekiston kutubxonachilari – yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar” mavzuidagi yosh kutubxonachilar forumi bo‘lib, unda ishtirok etish uchun turli tizimlar va idoralar kutubxonalarining 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislari, madaniyat muassasalari hamda oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berayotgan yosh o‘qituvchi va aspirantlari, axborot-kutubxona markazlari rahbarlari hamda yosh mutaxassislari taklif etildi.

Forum doirasida qo‘shni mamlakatlar kutubxonalarining ijobiy tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan suhbatlar, yosh kutubxonachi mutaxassislar ishtirokida kasbiy rivojlanishga doir muloqotlar, kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalari yangiliklari, kutubxona menejmentiga oid seminar-treninglar tashkil etildi. E’tiborli jihati, ushbu tadbirlarda “ET va QTEM” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Energetika va qishloq xo‘jaligi muhandisligi” ilmiy jurnali bosh muharriri, kafedra professori O.Tursunov boshchiligida kafedra doktorantlari ham faol ishtirok etishdi.

“ET va QTEM” kafedrasi tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev  axboroti

Universitet matbuot xizmati