TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

Ilmu fan - jonu tan

Ayol – jamiyatning ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati kelajagimiz egalarining jonajon Vatanimiz ravnaqi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lib kamol topishida muhim omil bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida faolligini oshirmoqda. mamlakatimiz hayoti, ularning bilim olishi va kasbiy mahoratini oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 28-fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova mas'ulligida fakultetning salohiyatli soha mutaxassislari bilan "ILM ULUG'LAYDI AYOLNI"  mavzusida ochiq davra suhbati o'tkazdilar. Tadbirni hurmatli dekanimiz Uchqun Zoirovich ochib berdilar va nozik xilqat vakillari, ayollarimizga samimiy tilaklar bildirdilar.

Shundan so'ng Ra'no Kodirova fakultetimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan, salohiyatli soha mutaxassislari, tajribalari ustozlarimizni hayot yo'llari, ilmiy faoliyati, erishilgan yutuqlari haqida, yoshlarimizga so'zlab berishlari uchun Universitetimiz "Olima ayollar" klubi raisi Umida Ravshanovaga so‘z berildi.

Tadbirga taklif qilingan barcha salohiyatli, uzoq yillik tajribaga ega professor-o'qituvchilarimiz, yosh ustozlarimizga qiziqarli hayot yo‘llarida bosib o'tgan, erishilgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar. Bu esa Yoshlarimiz uchun motivatsion mahorat darsi bo'ldi, hisobi. Tadbir so'ngida hurmatli dekanimiz Uchqun Zoirovich fakultetimizning salohiyatli, tajribali professor- o'qituvchilariga sovg'alar topshirib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar, o'zlariga esa mustahkam sog'lik tiladilar. Tadbir qizg'in savol-javoblar bilan, sermazmun, quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati