TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Ilmli ayol - jamiyat kuzgusi

2024-yil  7-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti   "Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin-qizlar kengashi  mas’ulligida 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin - qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi” mavzusida Universitetda faoliyat olib borayotgan professor ayollar, Davlat mukofoti va ko‘krak nishoni olgan ayollar va shu bilan birga nomdor stipendiya sohibalari va faol talaba qizlar ishtirokida ma’naviy tadbir tashkil etildi.  Tadbir davra suhbati tarzida olib borildi. Tadbirni “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.R.Pirmatov ochib berdi. Davra suhbati davomida  professor-ustozlarimiz o‘zlarining hayot yo‘llari va ilm-fan yo‘lidagi zahmatlari,  erishgan yutuqlari haqida talaba qizlarga so‘zlab berdilar. Davra suhbati juda ham qizg‘in tarzda o‘tganini talaba qizlarimizning chiqishlarida ham namoyon bo‘ldi. Uchrashuvda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak e’tibor, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, olima ayollarga jamiyat tayanchi deya qaralishi alohida ta’kidlab o‘tildi.        

Shuningdek, har sohada faol xotin-qizlarning erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari hamda bugun oilada, jamiyatda ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, xotin-qizlar va gender tenglik borasida qilingan ishlar haqidagi fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.     

     

Atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: “Qizlar hammadan ko‘ra bilim olishga intilishi kerak, chunki bu bilim bilan kelajak avlodni tarbiyalaydi”, deb uqtirgani bejiz emas. Aslida ham, har qanday rivojlangan jamiyatda taraqqiyot va sivilizatsiya darajasi ayolga bo‘lgan munosabat, xotin-qizlarga yaratilgan  imkoniyatlar ko‘lami hamda miqyosi bilan belgilanadi.         

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Universitet kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan esdalik sovgalar topshirildi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti