TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2023

Ilmiy tadqiqot ishlari hisoboti

Joriy yilning 22-dekabr kuni “Iqtisodiyot” fakultetining 2023 yil yakunlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari hisoboti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hisobot yig‘ilishida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘lim boshlig‘i U.Qo‘ziyev, fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari hisobotiga ekspert sifatida S.Abdurahmonov, fakultet dekani U.Alimov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda tayanch doktorantlar ishtirok etishdi.

Fakultet dekani U.Alimov tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, davlat grantlari, shartnomalar, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ilmiy salohiyatni oshirish masalalari, reyting 2023 rejasining fakultet bo‘yicha bajaralishi holati, erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan taqdimoti eshitildi. Fakultetning ilmiy tadqiqot bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari ekspertlar tomonidan tahliliy fiklari hamda munosabatlari aytib o‘tildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari B.Sultonov, G.Eshchanova va boshqalar tomonidan yil davomida fakultetda amalga oshiririlgan ilmiy tadqiqot ishlari erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar hamda istiqbolli rejalar to‘g‘risida o‘z fikr munosabatlarini bildirib o‘tdilar.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov tomonidan fakultetda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha alohida e’tibor berilayotganligi, xalqaro va davlat grantlari, shuningdek, shartnomalar bo‘yicha jalb etilayotgan mablag‘lar xususida hamda fakultet iqtidorli yoshlarini turli xil respublika tanlovlarida erishgan yutuqlarini e’tirof etib o‘tdilar. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan fakultetning 2023 yil yakunlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot hisoboti ijobiy baholandi va ma’qullandi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati