TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2023

“Ilm – saodat kaliti”

2023 yil 10 fevral kuni Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi  12-umumta’lim maktabida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tomonidan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida “Ilm – saodat kaliti” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Davra suhbatida “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori G.Shodmonova hamda 4-kurs talabasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi” sohibi A.Shonazarovalar birgalikda ishtirok etishdi.

Davra suhbatida o‘quvchi qizlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qizlarga ilm olishlari va kasb-hunar o‘rganishlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar xususida, shuningdek, ilm olishning foydali jihatlari, imkoniyatlari, ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berildi va o'quvchilarning savollariga javob berilib, vaqtdan unumli foydalangan holda bilim olish va kasb o'rganish lozimligi haqida mativatsion tavsiyalar berildi. Davra suhbati juda qizg‘in ruhda o‘tdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati