TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

Ilm izlash – kelajak uchun poydevor

Joriy yilning 27 oktabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutorlari G.Ahmedjanova, D.Axrarova, A.Shonazarov va 4- Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi S.Muhrumboyevalar  “Gidromelioratsiya ” fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan “Kelajak – mening qo'limda” mavzuida seminar trening tashkil etdilar. Seminar trening talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalarning o'quv motivlari, shaxsiy  yo'nalganligi, qadriyatlar tizimini o'rganish hamda guruh talabalariga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar tashkil etish maqsadida tashkillashtirildi. Universitet psixologi o'z so'zini: “Yoshlik inson hayotining eng go'zal davri. Kuchga to'lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davr. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi. Shu tufayli hozirdan maqsadlarni aniq qo'yib, kelajak uchun poydevor bo'ladigan ilmlarimizni oshirishimiz, yangi qirralarimizni kashf etishimiz, vaqtdan unumli foydalanishimiz, ko'proq kitoblar o'qishimiz zarur”, degan jumlalar bilan boshladi va “Yoshlik bergan imkoniyatlardan qanday foydalanish kerak?” savoli o'rtaga tashlanib muhokama qilindi.

Talabalarning qiziqadigan xobbilari bor yo'qligi, darsdan bo'sh vaqtlarini qanday tashkillashtirayotganlari to'g'risida qizg'in suhbat olib borildi. Tadbir zerikarli bo'lib qolmasligi hamda talbalarimizning ochilmagan qirralarini kashf etish maqsadida  bir oz  lirik chekinish qilindi va “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori D.Axrarovaning  ilg'or talabalaridan biri “Gidromelioratsiya ” fakulteti 101-guruh talabasi Toshbo'riyev Nurbekka qo'shiq uchun navbat berildi. Nurbek “Ustozlar” to'g'risidagi qo'shig'i bilan davra fayziga fayz qo'shdi. Yig'ilish davomida “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutorlari G.Ahmedjanova, D.Axrarova, A.Shonazarovlar ham mavzuga doir o'z fikr va mulohazalarini bildirishib, talabalarimizga motivatsiya beradigan qimmatli maslahatlar berib o'tishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati