TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son farmoni “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi”, 2023-yil 11 sentabrdagi PF-158-son farmoni “O‘zbekiston-2030” strategiyasida «…suv xo‘jaligi ob’ektlarini (ichimlik va oqava suv tizimidan tashqari) modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish» vazifalari belgilab berilgan.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, sug‘orish tarmoqlarini raqamlashtirish, suv sarfining miqdorini aniqlash uchun keng miqyosda avtomatik boshqarish va nazorat tizimlarini joriy etish, suv sathi va sarfi kabi kattaliklarni nazorat qilish va o‘lchashning innovatsion yechimlarini raqamli informatsion – o‘lchash tizimlarini joriy etish  borasida universitetimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu boisdan, joriy yilning 14-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi  professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari hozirgi kunda suv inshootlari, nasos stansiyalari, gidrouzellar va suv omborlarini avtomatlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha “Smart Solutions System” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kompaniyaning laboratoriyasi va ishanmalari bilan tanishildi. Ularni takomillashtirish va mahalliylashtirish bo‘ycha maslahatlar berildi. Suv sarfini o‘lchash va boshqarish qurilmalarini takomillashtirish borasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida kafedrada amalga oshirilgan ishlanmalarni va kafedra yosh tadqiqotchilarini  sohaga jalb qilish borasida fikrlar ilgari surildi.

      Universitet matbuot xizmati