TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2023

Ilm-fan iftixori

           O'zbekiston, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Fransiya kabi davlatlarning yetakchi  ilmiy markazlari ishtirokida masofaviy tarzda o'tkazilgan Xalqaro ilmiy forumning taqdirlash marosimi 28.01.2023 kuni Toshkent shahar yoshlar markazida bo'lib o'tdi. Bunda bir qancha yuqori tashkilot vakillari qatnashdilar hamda "Ilm - fan iftixori" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

         Ushbu forumda "Gidromelioratsiya" fakulteti "Professional ta'lim: Suv xo'jaligi va melioratsiya" ta'lim yo'nalishi 315-guruh talabasi, Hydroleaders jamoasi  a'zosi Bektashov Behro'z Nuriddin o'g'li ham "Professional ta'lim va jismoniy madaniyat" kafedrasi dotsenti D.Muqimova  ilmiy rahbarligida berilgan "Talabalarning o'quv faoliyatiga moslashuvchanligi" mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, "Ilm-fan iftixori" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu  xalqaro forumda qatnashgan maqolalar  to'plam shaklida chiqarilib, har bir muallifga beriladi hamda indekslanadi.

        Universitet matbuot xizmati