E'lonlar

20.02.2023

Ilm-fan bilan shugʼullanayotgan ayollar mavzusida milliy muloqot

Konferentsiya sanalari: 2-3 mart 2023-yil
Oʼtkazilish joyi: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent

YUNESKO Rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm- fanda ayollar tashkiloti (OWSD), YuNESKO ishlari boʼyicha Oʼzbekiston Milliy komissiyasi, Oʼzbekiston Milliy universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Xalqaro qishloq xoʼjaligi universiteti bilan hamkorlikda 2023-yilning 2-3 martida “ Ilm-fan bilan shugʼullanayotgan ayollar mavzusida milliy muloqot”ga taklif etadi. Konferentsiya Xalqaro ilm-fanda ayollar va qizlar kuni dasturi doirasida tashkil etiladi.
Konferentsiya talabalar, tadqiqotchilar, professor-oʼqituvchilar, ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar va siyosatchilar uchun sohalararo platformani taqdim etadi. Bu platformada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va olima ayollarning roli muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularga amaliy yechimlar taklif etiladi.
Konferentsiya quyidagi mavzularda tashkil etiladi:
(1) Rol modellari va gender rollari,
(2) Innovatsion texnologiyalar va STEM,
(3) Oziq-ovqat xavfsizligi, salomatlik va ekologik barqarorlik
(4) Barqaror rivojlanish maqsadlari va yoshlar
(5) Ijtimoiy innovatsiyalar va tadbirkorlik