TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2024

Ilhombaxsh ijodkor

“Ekologiya va huquq” fakulteti “Suv taʼminoti muhandislik tizimlari” yo'nalishi 2-bosqich talabasi, A.Oripov nomidagi maxsus stipendiya sohibasi, universitetning “Ilhom buloqlari” klubi faol a’zosi Tolibova Muhabbat Husen qizi ning ijodiy ishlari “Yoshlar bayozi–2” nomli she’riy to'plamda chop etildi.

Unga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari  G‘ Abdiyev tomonidan Mamlakatimizda ilm-fan va adabiyotga qo’shayotgan hissasi uchun maxsus statuetka topshirildi. Tolibova Muhabbat Husen qizining kelgusidagi o’qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbot xizmati