TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2023

"Ilg‘or tadqiqot metodologiyasi" nomli workshop

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi tomonidan boshqariladigan UniCEN “AQSh-Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi” doirasida "Ilg‘or tadqiqot metodologiyasi" nomli workshop tashkil etildi.

Workshopda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 40 nafar nomzod ishtirok etdi. Ular orasida “TIQXMMI” MTU "O'qitish nazariyasi va amaliyoti"  kafedrasi katta o'qituvchisi, Nargiza Xosiyatkulovna Xodjakulova va "Gidravlika va Gidroinformatika" kafedrasi 2 kurs tayanch doktoranti Aziz Haydarov ham ishtirok etdilar. Xalqaro reyting va xorijiy grant loyihalarda birgalikda ishtirok etish yuzasidan fikrlar almashildi.

Ishtirokchilar Washington universiteti professori Jay Turner, Xalqaro Westministr universiteti professori Hamid Reza Shahbazkia hamda Akfa universiteti professori Rauf Salohodjaev tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.