TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2023

Ikki magistrant taassuroti

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida xalqaro hamkorlik bo’limi va Universitet Yoshlar ittifoqi kengashi bilan birgalikda talabalar uchun xorijda o’qish imkoniyatlari to’g’risida ochiq davra suhbati uyushtirlidi. Suhbat davomida Xitoy Xalq Respublikasining Hohai Universitetida magistraturada tahsil olgan Ergashev Jamshid va Masharifov Umidlar o’z tajribalarini almashdilar. Xitoyda o'qish sharoitlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

So'ngra USchool o'quv markazi direktori Farxod Shukurov tadbir ishtirokchilariga ingliz tilini o'qitish sir-sinoatlari va kurslari haqida taqdimot qilindi. Uchrashuv so'ngida USchooldan bir oylik bepul sertifikat qiziqarli tarzda o'ynaldi va YRB fakulteti talabasi Saydig'aniyev Oybek o'yinda g'olib topildi. Tadbir so'ngida, barcha talabalarga xorij tilni mukammal o'rganish va talabalar uchun mo'ljallangan stajirovkalarda faol ishtirok etish tavsiya etildi.

Universitet matbuot xizmati