TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2023

Ijrochilik mahoratidan saboqlar

Joriy yilning 18 sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova  Xor jamoasi vakillari bilan birgalikda tadbir tashkil etdi. Tadbir talabalarning darsdan keyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jamoa ishtirokchilarida ijrochilik mahoratini oshirish, sahna madaniyatini shakllantirish, diktsiyani rivojlantirish maqsadida Bolalar musiqa maktabida tashkil etildi. Tadbirda birnecha ovoz sozlash uchun mo'ljallangan mashg'ulotlar o'tilgach, ustozlar kuniga bag'ishlangan qo'shiqlarni sayqallangan tarzda ijro etishga mo'ljallangan darslar o'tkazildi. Vokal mahorati darsini S.Saydazov va universiteti psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedovalar hamkorlikda olib borishdi. Barcha ishtirokchilarga o'tilgan dars zavq shavq bag'ishladi. Kelgusida shu kabi mahorat darslarini ko'proq tashkil etish rejalari tuzildi. 

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati