TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

Ijobiy baholangan ochiq dars

“TIQXMMI” MTU Iqtisod fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi professor-o’qituvchilari universitet talabalariga bilim berishda, ingliz tilini yanada chuqurroq o’rgatishda doimiy izlanishdalar. Shu maqsadda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun 13.05.2024 kuni kafedra o’qituvchisi Ziyadulloyeva Mohidil QXM fakulteti 1 kurs 09 guruh talabalari bilan “Jobs and Professions” mavzusida ochiq dars mashg’ulotini tashkil etdi.  Dars “Student oriented lesson” metodi asosida olib borildi. Dars davomida talabalar kichik guruhlarga ajratilib, shu guruhlar doirasida turli xil mavzuga oid interaktiv o'yinlar tashkil qilindi, vazifalar tarqatildi va barcha talabalar dars davomida katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etishdi. Kafedraning bir qator professor-o’qituvchilari, jumladan Ergashev D., Yoqubov O., Yuldashova N., Yoqubova N., Usmanova D., Baxitjanova E.lar ushbu ochiq dars mashg’ulotini kuzatishga kirishdi va barcha ustozlar darsni ijobiy baholashib, talabalarning dars davomidagi faolliklarini alohida e’tirof etishdi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi M.Ziyadulloyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati