TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

IELTS imtihoniga tayyorgarlik

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasida faoliyat yuritadigan tajribali ustozlar tomonidan tashkil etilgan "English club" universitetdagi ko'plab iqtidorli talabalar orasidan test sinovlari orqali saralab olingan talabalar bilan birgalikda ishlashda davom etmoqda. Bu kursda talabalarga IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun malakali mutaxassislar amaliy yordam bermoqdalar, ya'ni hafta davomida imtihon o'z ichiga oladigan 4 ta skill, ya'ni SPEAKING, READING, WRITING, LISTENING bo'yicha qo'shimcha darslar olib borilmoqda. Ro'yxatdan o'tgan talabalar bu darslarda katta qiziqish bilan faol ishtirok etmoqdalar. 3-aprel kuni B bino 226-xonada kafedra o'qituvchisi Ziyadulloyeva Mohidil Shavkatovna talabalar uchun o'qib tushunish, ya'ni READING qismidan dastlabki darsni tashkil qildi.

"Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Ziyadulloyeva Mohidil axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati