TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2023

“IDEATON-2030 UZBEKISTAN” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Universitet talabalarining ilmiy va innovatsion g‘oyalarni saralab olish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha  e’lon qilingan edi. 
Ushbu tanlovga 13 nafar nomzodning hujjatlari qabul qilindi. Kelib tushgan loyihalar mullaflari tomonidan tanlovning ishchi komissiyasiga taqdimot qilindi. Ishchi komissiya tomonidan har bir loyihaning innovatsionligi, puxta tayyorlanganligi va mualliflarning taqdimotini o‘rganib chiqildi.

Ishchi komissiya xulosasiga ko‘ra quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi;

1-o‘rin – Nigmatov Aziz – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ilmiy tadqiqotchisi.
2-o‘rin – Shamsiddinov Xushnudbek – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 4-bosqich talabasi.
3-o‘rin – Abduhamidova Ruxshona – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 2-bosqich talabasi.

“IDEATON-2030 UZBEKISTAN” tanlovida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga muvoffaqiyatlar tilab qolamiz!