TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2023

“ Ichki- tartib” va “Odob- axloq” qoidalariga amal qilish - burch

“TIQXMMI- MTU”  “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari joriy yilning  23 noyabr sanasida 4 - talabalar turar joyiga tashrif  buyurdilar. Talabalar turar joyida ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalari bo‘yicha talabalarga tushuntirish ishlari olib bordilar.

Universitet ichki tartib-intizomiga, hamda “Odob-axloq” kodeksida belgilangan tartiblarga amal qilish,  yakuniy nazoratga belgilangan muddatda o‘z vaqtida kelib topshirishlari kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar turar joyida tozalikka va shartnomada ko‘rsatilgan barcha talablarga doimiy ravishda rioya qilish kerakligi haqida yana bir bor ta’kidlab o’tildi.

 “Gidromelioratsiya”  fakulteti tyutorlari

 G.Axmedjanova va A.Shonazarovlar axboroti

Universitet Matbuot xizmati