31.01.2024
Ichki tartib – intizom omillari
Joriy yilning 30 - yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurulishi» fakulteti tyutori tomonidan 1-Talabalar turar joyida yashaydigan talabalar bilan ichki tartib intizomi, odob-axloq qoidalari, shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari, xona tozaligi, ozodaligi, umumiy ovqatlanish oshxonalaridan foydalanish qoidalari, “Is gazidan zaharlanish”ning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda kerakli maslahatlar berildi.
GTQ fakulteti tyutori D.S.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati