TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2023

Ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv

Kuni kecha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituteMilliy Tadqiqot Universiteti "Energetika" fakultetida ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kiberjinoyatchilik va firibgarlikning keng ommalashib borayotganligiga alohida to'xtab o'tildi. Barcha talabalar ogohlikka chorlab, boshqa kimsalarning boyliklarini oʻzlashtirirayotgan huquqbuzar jinoyatchilardan ehtiyot boʻlishimiz kerak ekanligi toʻgʻrisida axborot berildi. Ular aytganidek asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish, talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.

«Kiberjinoyatchilik» tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi. Shu o'rinda kiberterrorizm va uning jamiyat hayotiga solayotgan xavfining ko'lami ham oshib borayotganini ta'kidlash joiz. Kiberterroristik harakat (kiberhujum) - komp`yuterlar va axborot kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshirilgan, odamlarning hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan yoki potentsial xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan, moddiy ob'ektlarga katta zarar yetkazishi yoki shunga olib kelishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy xavfli oqibatlarning boshlanishi yoki maqsadi bo'lgan siyosiy sababdir. Shuning uchun har bir inson oʻzidan ehtiyot boʻlishi darkor. Bunday hodisalarga tushib qolmaslik uchun va agarda tushib qolsak yordam soʻrash maqsadida bizga ichki ishlar xodimlari kiber xavfsizlik xizmatining tashrif qogʻozlarini berishdi. Eng muhimi hech bir inson aldanib qolmasin, tinch yurtimizda tinch hayot kechiraylik, muhimi ehtiyotkorlikni unutmang.

"Energetika" fakulteti tyutorlari, 1-bosqich talabasi Joʻrayev Sardorbek axboroti

Universitet matbuot xizmati