TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

“Hydroleaders” jamoasidan start-ap loyihasi g’oliblari taqdirlandi

Loyihada ishtirok etish va g‘olibliki qo‘lga kiritish mas'uliyatli ish bo‘lishi bilan birga yetuk bilim, innovatsion yondashuv va tajribani talab etadi. "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da ayniqqsa, bu katta e'tiborga molik. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Hydroleaders” talabalar jamoasi U-Enter va Inter Business Lab hamkorlikda GIZning “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirish” loyihasi doirasida “Yashil" start-ap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Green Start” dasturida 6 oy davomida o’zlarining 7 ta start-ap loyihalari bilan qatnashishdi, dastur doirasida Respublika miqyosida 258 ta loyihalar ichidan 20 tasi final bosqichiga chiqdi.

Shunda final bosqichida universitetimiz “Hydroleaders” jamoasidan 2 ta start-ap loyihasi g’olib deb topildi. Final bosqichida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti, DSc Samiyev Luqmon rahbarligidagi universitetimiz “Hydroleaders” jamosidan 2 ta start-ap loyiha gʻolib deb eʼlon qilingani quvonarlidir. Bugun ertalab rektorat kengashida ana shu jarayonda faol bo‘lganlar alohida rag‘batlantirildi. Rektorimiz Bahodir Mirzayev ularga keyingi marralarni egallashlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Loyihalarni rivojlantirishdagi ushbu faol talabalar rag‘batlantirildi va tashakkurnomalar taqdim etildi. 

“Smart panel” - RRaximberdiyev Yahyobek, Abduhamidova Ruxshona, Xudoyberdiyev Xumoyunbek, Ataboyev Javohirlarning loyihasiga 60 000 000 soʻm ajratildi. “Air quality” - Ganiyeva Samira, Mamatov Valijon, Hamidov Sardorbek, Jamoliddinov Jamshid, Norboyev Jamshidlarning loyihasiga 20 000 000 soʻm ajratildi. To‘garak rahbari esa bir oylik maosh miqdoridagi pul bilan mukofotlanishi qayd etildi. Biz iqtidorli, ijodkor yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz.

GM fakulteti dekani, t.f.f.d, dos.J.Ishchanov axboroti

Universitet matbuot xizmati