TIQXMMI yangiliklari

img
06.11.2023

Hushyorlik - baxtiyorlik

Joriy yilning 3 noyabr kuni  "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti" Milliy tadqiqot universiteti rektor maslahatchisi A. Abdusamatov, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.Xasanov, dekan o‘rinbosari A.Azimov, fakultet tyutorlari ishtirokida 1-kurs talabalari bilan “Hushyorlik va ogohlik-davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Universitet rektor maslahatchisi, A. Abdusamatov so‘zga chiqib,  Yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot va buzg'unchi g’oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratishimiz kerak ekanligini ta’kidlab o`tdi. 

Fakultet dekani B.Xasanov so`zga chiqib, har bir talaba o`z oldiga qo`ygan maqsadi uchun faqat bilim olishi, izlanishi, ota-onasi va Vatan oldidagi oliy burchni bajarishga harakat qilishi kerakligi haqida gapirdi. Tadbir savol-javoblar bilan qizg’in o`tdi.

GTQ fakulteti tyutori    D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati