TIQXMMI yangiliklari

img
26.06.2024

Hurmatli ota-onalar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilari!

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetida 2024/2025 – o‘quv yilidan boshlab yangi 60730300 – "Qurilish muhandisligi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishida va 7073030 – "Qurilish muhandisligi" magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz!

«Yangi O‘zbekiston»ning iqtisodiyotini mustaxkamlash va yanada rivojlanishini ta’minlashda "Qurilish muhandisligi" bo‘yicha tayyorlangan kadrlarimiz o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishiga ishonamiz!

Siz, zamonaviy uskunalar va yuqori aniqlikda  ishlaydigan o‘lchov vositalari bilan jixozlangan ilmiy – o‘quv laboratoriyalarida va shinam auditoriyalarda malakali professor-o‘qituvchilarimizdan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. O‘quv, malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlari respublikamizdagi yirik qurilish ob’yektlarida, yetakchi ishlab chiqarish korxonalarida va loyiha institutlarida «Ustoz-shogird» tizimi asosida o‘tkaziladi.

   

Universitetimizda talabalar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur va mustahkam bilim olish bilan bir vaqtda ilmiy tadqiqot ishlarida, turli sport to‘garaklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

19  20

Sizni universitetimizda kutamiz va hamkorlikda faoliyat yuritishimizdan faxrlanamiz!