E'lonlar

10.11.2022

Hurmatli olimlar, doktorantlar, talaba va magistrlar!

  1. Germaniyaning Berlin shahrida „O‘zbekistonda tabiiy resurslarni barqaror boshqarish: xalqaro tajriba va milliy yashil iqtisodiyotga o‘tish istiqbollari“ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni tashkil etilmoqda.
  • Mazkur Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasida “Yashil” iqtisodiyotni shakllantirishda Germaniya va qo‘shni Yevropa davlatlarida faoliyat yuritayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan mahalliy hamda O‘zbekistonlik olimlar, mutaxassislarining bu sohada to‘plagan boy ilm va ko‘nikmalari, innovatsion yondashuvlari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarini keng tadbiq etishdan iborat.
  • Anjuman doirasida tabiiy resurslardan samarali foydalanish va “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha Yevropa davlatlarida yaratilgan ilmiy innovatsion natijalar muhokama qilinadi va ularni mamlakatimizda tadbiq etish istiqbollari bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
  • Anjumanda taqdim qilingan barcha ilmiy loyihalar maqolalar to‘plami sifatida chop etiladi.
  • Ilmiy maqolalar  ujo.deutschland@mail.de elektron pochtaga yuboriladi.
  • ANJUMANNING RASMIY TILLARI: o‘zbek, rus, nemis va ingliz tillari.

TASHKILOTCHILAR:

· O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

· O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi

· “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti

· Berlin Gumboldt universiteti (Germaniya)

· Leybnis qishloq xo‘jaligi landshaftlari ilmiy tadqiqot markazi (Germaniya)

· Leybnis nomidagi o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (Germaniya)

· Smart InnoTech MCHJ (O‘zbekiston)

AXBOROT HAMKORIMIZ:O‘ZBEKISTON 24 teleradiokanali

ANJUMANNI O‘TKAZISH SANASI VA MANZILI:

  1. 2022 yil 16 dekabr.  Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasi Perleberger Strasse 62, 10559 Berlin

Anjuman gibrid shakilida tashkil etiladi (onlayn ishtirok etish uchun qo‘shimcha havola taqdim etiladi).

Batafsil ma’lumot: https://disk.yandex.uz/i/c83rY3lYyMb3fQ