TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2023

Hududiy elektr tarmoqlari AJ filialiga tashrif

5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalarini, 2023 yilning  26 aprel kuni  “ETvaEUE” kafedrasi professor-o‘qituvchisi T.Bayzakov tomonidan  301, 302-guruh talabalari bilan “Hududiy elektr tarmoqlari “AJ Toshkent shahar filiali Yashnabod tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tashrif buyurdi. Yashnabod tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh dispetcheri yetakchi mutaxassis Farrux Kamoliddinov bilan korxonaning ekspluatatsiya jarayonlari, elektr tarmoqlarini boshqaruv mnemosxemalari bilan tanishib o’zlariga kerakli hamda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Elektr tarmoqlari korxonalarida energiya tejamkorlik va uzluksiz energiya ta’minoti tizimlari bo’yicha o’zlarining nazariy bilimlarini oshirish natijasida amaliy savollariga javoblar olishdi va ko’nikmalarini oshirishdi.

Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasi axboroti