TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Hindistonning JSS akademiyasi delegatsiyasining universitetimizga tashrifi

     Hindistonning JSS Oliy ta’lim va tadqiqot akademiyasi delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi. Osiyo universitetlari qatorida 65 - o‘rinni va Hindistonda esa 2 -o‘rinni qayd qilgan ushbu universitet vakillari hamkorlik o‘rnatish maqsadida universitetimiz bilan tanishishdi.

       Delegatsiyani registrar B. Manjunatha va dekan Vishal Gupta JSS akademiyasi va uning faoliyati haqida ma’lumot berdi. Rektor B.Mirzaev tomonidan o‘z navbatida universitetimiz haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.

         Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro manfaatli talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

         Ushbu hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan anglashinuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, uchrashuv so‘nggida esdalik sovg‘alari almashindi.

      Universitet matbuot xizmati