TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2023

Hazrat Navoiyga bag‘ishlangan tadbir

Bugun 09.02.2023 yil "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari U.Usmanov, D.Axrarova, G,Axmedjanova va Z. Tursunovalar  birgalikda  Buyuk mutafakkir shoir, o'tkir qalam sohibi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan 1 va 2- kurs talabalari hamrohligida "Adiblar xiyoboni" ga tashrif buyurishdi. Yosh ijodkor talabalar Navoiy gulbog'idan guldastalar tuzab, g'azallari va ruboiylaridan namunalar keltirishdi.

Ma'lumot o'rnida Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afgʻoniston hududidagi Hirot shahrining Bogʻi Davlatxona mavzesida tugʻildi. Otasi Gʻiyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, oʻz davrining nufuzli kishilaridan biri, oʻgʻlining tarbiyasi va taʼlimiga jiddiy eʼtibor bergan. Onasi (ismi nomaʼlum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ota-onasi haqida maʼlumotlar kam, u oʻz asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtmagan. Navoiyning Darveshali ismli ukasi boʻlgani haqida maʼlumotlar bor.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Zilola Tursunova axboroti

 Universitet matbuot xizmati