TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Hashar - elga yarashar

Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.  Respublikamizda joriy yilning 16-18 mart kunlari xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etdi.

“Gidromelioratgiya” fakulteti jamoasi ham xayriya hasharida ishtirok etib, kafedralar o`zlariga biriktirilgan  hududlarda obodonlashtirish, tozalash va daraxtlarni oqlash ishlarini olib bordilar. Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.

Yoshlar bilan ishlash boyicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev

Universitet matbuot xizmati