TIQXMMI yangiliklari

img
30.09.2023

"Harbiy topografiya" mohiyati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi katta o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik Navruzov Raxmat Maxmudovich va Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik Iminjanov Mansurjon Muxammadjonovichlar 2023 yil 29 sentyabr kuni "Yer resurslari va kadastr" fakultetining 2-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida "Harbiy topografiya" yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash faoliyati, yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi hamda talabalarning Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘qish shartlari va tanlovlarda qatnashish tartibi bilan tanishtirdi. Shuningdek, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi kursantlari tomonidan yaratilgan uch o‘lchamli topografik kartalarni "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasiga sovg‘a qildi.

Talabalarga Harbiy o‘quv markazi tomonidan tayyorlangan videofilm namoyish qilindi.  Tadbir so‘ngida "1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan "Yer resurslari va kadastr" fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini X.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati