TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Har juma barchaga ingliz tilida bilim va kayfiyat ulashamiz

“Iqtisodiyot” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan har haftaning juma kuni “Friday –  English Speaking day” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan haftaning juma kunlari ertalab universitet asosiy kirish darvozasi oldida kafedra professor-o’qituvchilari turli xil rag'batlantirishlar bilan talaba yoshlarni kutib olib, ularga ingliz tilida savollar so’rashadi va savollarga to’gri javob berganlarga sovg’a taqdim etib boriladi. Ushbu holat barcha talabalar tomonidan iliq qabul qilinib, judayam ko’p ijobiy fikrlar bildirilgan hamda bu an'anaga aylanib ulgurgan.

 Bugun ham ushbu an'anani davom etirish maqsadida, kafedra Professor-o'qituvhilari M.Boqiyeva, M.Xudayberganova, G.Eshchanova, B.Isakulova, O.Yoqubov, N.Yoqubovalar, D.Usmonova, D.Isroilova  boshchiligida noodatiy yondashuv ya'ni qutichaga qiziqarli ingliz tilidagi savollarni joylagan holda, bu jarayonga pozitiv yondashuv ila talabalarga ham bilim, ham iliq kayfiyat ulashildi. Bu bilan talabalarni ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni yanada oshirish ko’zda tutilgan. “Ingliz tili” kafedrasi barcha professor o’qituvchilari ushbu jarayonda faol ishtirok etadilar.

"Ingliz tili" kafedrasi professor-o'qituvchilari M.Xudayberganova, B.Isakulova, N.Yuldashovalar axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati