TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2024

Har joyning tartib-tizgini bor

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida talabalardan tashkil topgan "Qalqon" jamoatchilik guruhiga Yunusobod tumani IIOFMB 5 IIB boshlig‘i podpolkovnik  X. Suyunbayev hamda universitet profilaktika katta inspektori mayyor A.Ubaydullayevlar yo‘riqnoma o‘tkazib ularga profilaktik tadbirlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yo‘riqnomada universitet yotoqxonasida ichki tartib hamda jamiyatda yurish - turish qoidalariga rioya etishlari shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borishlari ko‘rsatib o‘tildi.

Universitet matbuot xizmati