TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Hamkorlikdagi ma’ruzalar

28 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi hamda  Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiti va uning qoshidagi Abay nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Turk dunyosining buyuk shaxslari”  mavzusida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Abay nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Danday ISQOQULI,  Boku Slavyan universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nizomiy Mamedov TAGISOY (Ozarbayjon), Toktomamatov nomidagi xalqaro universiteti professori, t.f.d., professor DYUSHEEV Jenisbek Amatisakovich (QIRG‘IZIST RESPUBLIKASI), Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti dotsenti f.f.n. Qayrat JANABAYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhitdinova va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gumanitar fanlar” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari o‘zlarining qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

“TIQXMMI” MTU  tomonidan xalqaro ilmiy davra suhbatini tashkil etishda tarix fanlari doktori, professor Sh.M. O‘ljayeva yetakchilik qildi.

Universitet matbuot xizmati