TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2023

Hamkorlik natijalari - sifatli ta”lim mezoni

Sifatli ta’limning mazmun - mohiyati bevosita xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda bo’lishi tayin. Bu esa harakatimizning samarador va natijador bo’lishiga daxldordir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2848-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Jahon bankining Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar, mazkur loyiha doirasida “Ichki va tashqi sifatni taʼminlash (Internal and External Quality Assurance)” boʻyicha Shbeeman Consulting Company xorijiy ekspertlari bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasasida sifatni taʼminlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi va samarali natijalarga erishildi.

Mazkur loyihaning yakuniy qismi sifatida joriy yilning 31-mart kuni “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish” boʻyicha Forum oʻtkazish rejalashtirilgan. Ushbu Forumda ishtirok etish uchun Jahon banki loyihasining xalqaro maslahatchisi prof. Bastian Baumann taklif etilgan. U bugun 28-mart kuni universitetimizga tashrif buyurdi.

Loyiha doirasida tanlab olingan oliy taʼlim muassasalari orasida bizning universitet ham borligi quvonarlidir. Professor Bastian Baumann tomonidan “Oliy taʼlimda sifatni oshirish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish” mavzusidagi seminarda universitetimiz prorektorlari Abduhakim Salohiddinov va Baxtiyor Xudoyorovlar hamda boshqa oliy ta’lim muassasasidan vakillar ishtirok etishdi. Mehmonning nutqini mahoratli pedagog-tarjimon Go‘zal Eshсhanova ingliz tilidan tarjima qilib turdi.

Universitet matbuot xizmati