TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2023

G'ururimizga aylangan adib

Joriy yilning  13 oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.Xasanov, dekan o‘rinbosari A.Xalimbetov, Fizika kafedrasi dotsenti A.Axmedov, tyutorlar D.Xursandova, X.Saidovalar boshchiligida fakultetning faol, iqtidorli talabalari O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida “Adiblar xiyoboni”dagi shoirning haykali poyida katta tadbir uyushtirildi.

Fakultet talabalari tadbirda shoirning ijodini  chuqur hurmat bilan  o'rganib, Vatanga mehr-muhabbat bilan yo'g'irilgan “Men nechun sevaman O'zbekistonni”, “O'zbekiston”, “Yurtim shamoli” kabi she'rlarini yod olib, har bir so'zi zamirida yashiringan olam-olam ma'noni his qilgan holda  o'qib berishdi.


 

Tadbirda qatnashgan talabalar shoir va jamoat arbobi A.Oripovni yana bir marta kashf qilishdi, uning siymosi oldida ta'zim qilishdi. Shoirning hayot yo'llariga yana bir marta nazar solishdi. Har bir talaba ana shunday farzandi bor yurtning vakili ekanidan g'ururlanishdi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati