TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Guliston Davlat universitetiga tashrif

TIQXMMI MTU TJAB kafedrasi katta o‘qituvchisi Nigmatov Aziz Maxkamovich magistratura bosqichi uchun iqtidorli talabalarni TIQXMMI MTU ga jalb qilish bo‘yicha Guliston Davlat universitetida bo‘ldi. Amaliy tashrif davomida universitetning Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultet talabalari bilan seminar trening o‘tkazildi. Magistraturada o‘qish va ilmiy faoliyatni olib borish bo‘yicha taqdimot qilindi. Seminar trening qiziqarli, mazmunli va savol javoblarga boy bo‘ldi.