TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Gul ushlagan ko'ngullar

Bayram arafasida ayniqsa, qalblar yayrab, inson ruhiyatida o‘zgacha kayfiyat paydo bo‘ladi. Хаlqaro хоtin qizlar kuni bilan tashkil etilayotgan tadbirlarda ana shu ruh ustuvor va hukmron. Universitetimiz хоtin-qizlarining gulgun chehralarida, tabassumlarida bu yaqqol sezilib turadi.

Universitetimizda faol bo‘lib talabalarning tarbiyasiga mas'ul bo‘lib kelayotgan bir guruh tyutor va fidoyi ayollarimizni har yilgi an'anaga muvofiq bayramlari munosabati bilan qutlash tadbiri tashkil etildi. Universitetimiz prorektori Ruzimurat Choriyev boshchiligida o‘tkazilgan bu tadbirdan ayol xodimalarimiz benihoya shod bo‘lishdi. Dekan o‘rinbosarlari bo‘lim boshliqlari o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Qo‘llariga gul va sovg‘alarini ushlab olgan ayol xodimalarimiz o‘zlarining minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.

Universitet matbuot xizmati