TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2024

Giyohvandlikning psixologik ta’siri

Giyohvandlikka qarshi kurashishni keng targ’ib qilish maqsadida joriy yilning 4-iyun kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o’rtasida “Giyohvandlikning psixologik ta’siri” mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat fakultet xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova va universitet psixologi M. Muhamedovalar tomonidan tashkil etildi.

Suhbatda psixolog M. Muhamedova talaba qizlarga bugungi kunda yoshlar ichida keng tarqalayotgan giyohvandlik vositalarini qabul qilinayotganligi,  psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar insonning hayotidagi psixologik ta’siri va unga qarshi kurashish muhimligi hayotiy misollar bilan aytib o’tildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati