E'lonlar

17.04.2022

Gidravlika fani bo‘yicha kitobxonlik tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha, talaba yoshlar orasida kitobxonlikni  keng targ‘ib qilish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida:

“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi 27 aprel sanasida “Gidravlika” fani bo‘yicha kitobxonlik tanlovini o‘tkazadi.

Tanlovda Universitetning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari tavsiya etilgan kitobda keltirilgan maʼlumotlar va talabalarning kitoblar mazmuni bo‘yicha savollarga javob berishan iborat.

Tanlovga tayyorgarlik uchun quyidagi kitob tavsiya eiladi:

•           A. Arifjanov, Q. Rahimov, A. Xodjiyev “Gidravlika” - Toshkent,  2016y.

Tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar, 1-o‘ringa 300 000 so‘m, 2-o‘ringa 200 000 so‘m, 3-o‘ringa 100 000 so‘m pul mukofoti va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ro‘yxatdan o‘tish uchun “G” bino 402 xoanga murajaat qiling. Tel 71-237-19-71

Tanlov uchun masʼul. dotsent Maqsud Otaxonov

Universitet matbuot xizmati