TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2023

G‘alaba uchun fidoyi va adoyi jonlar

Bugun biz "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 109- guruh talabalari tyutorimiz Dilbar Egamova tashabbusi bilan G‘alaba bog‘i va shon- sharaf muzeyiga sayohat qildik. Ushbu majmuani aylanar ekanmiz, bu urushdan O‘zbekiston katta yo‘qotishlar bilan chiqqanini, 1941- yilda Vanimizda 6,5 million aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1950700 nafari urushda qatnashganini bildik.

O‘zbekistonlik mard o‘g‘lonlarning 500 mingdan ortiq nafari bu urushda halok bo‘lishgan, 150 mingdan ortig‘i bedarak ketgan ekan. Urushdan qaytgan bir millionga yaqin insonlar esa bu qonli urushda olgan jarohatlari bilan yashab o‘tishgan ekan. Bu yerni tark etar ekanmiz, Vatanimizga sodiq xizmat qilishga, uni asrab- avaylashga va’da beramiz.   

YeRK fakulteti 109- guruh sardori O. Abdug‘aniev axboroti

Universitet matbuot xizmati