![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-04-19_14-52-22.jpg111.jpg)
19.04.2024
G'alaba muborak
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti talabalari “Munozara” o’yinlarining keyingi bosqichiga yo’l olishdi.
Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida o’tkazilgan “Munozara” o’yinlarida universitetimizning “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalaridan tashkil topgan “Adolat” jamoasi mezbonlar TDTU ning “Logistlar” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Jamoa a’zolarining nutqi hakamlar tomonidan alohida e’tirof etildi va “Yurisprudensiya” yo’nalishi talabasi Qurbonboyev Aslbek “The best speaker” deb topildi. Jamoa a’zolariga musobaqaning keying bosqichlarida omad tilaymiz.