TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

G'alaba muborak…!

Joriy yilning 16-mart kuni Universitet sport majmuasida “Talabalar ligasi” doirasida futzal bo'yicha Toshkent shahar oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida  hududiy 5-tur o'yinlari o'tkazildi.  Mazkur o'yinda bizning Universitet terma jamoasi, UZGEOUNIVER terma jamoasi o'rtasida  shiddatli o'yin bo’lib o'tdi.

Yakuniy natijasi bo'yicha 6:1 hisobda “Irrigator” jamoasi  g'alabani qo'lga kiritdi. Barcha o'yin natijasiga ko'ra  15 ochko to'plab  2-hudud guruhidan 1-o'rinni egalladi. Mazkur o'yindan so'ng, keyingi bosqichga yo'l olishdi. “Irrigator” terma jamoasiga G'ALABA TILAB QOLAMIZ....!

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi v.b.dotsenti  M.Norqobilov  Axboroti